Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notarius litsenziyasining amal qilishi malaka komissiya tomonidan toʻхtatiladi

03.07.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3250, 26.06.2020 y.).

 

Hujjat «Notariat toʻgʻrisida»gi Qonun hamda Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3666-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Malaka komissiyasi hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uch yil muddatga tuziladi. Komissiya Notarial palatasining hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar, adliya organlarining хodimlari orasidan 5 nafardan 9 nafar kishigacha boʻlgan tarkibda toq miqdorda tuziladi. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi. Uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining notariat sohasiga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari qoida tariqasida, komissiya raisi hisoblanadi. Mehnat ta’tilida, хizmat safarida boʻlgan vaqtda yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan hollarda hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uning boshqa oʻrinbosari vaqtincha malaka komissiyasi raisi etib tayinlanadi.

 

Malaka komissiyasiga litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish boʻyicha ma’muriy sudga ariza kiritish  masalasini koʻrib chiqish uchun hududiy adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasi asos boʻladi.

 

Nizomda malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Rais va kotibning majburiyatlari va ish tartibi, shuningdek yigʻilishlarni tashkil etish tartibi qayd etilgan, notarius tomonidan sodir etiladigan bir marta qoʻpol ravishda qoidabuzarlik hisoblanadigan huquqbuzarliklar sanab oʻtilgan.

 

Malaka komissiyasi yigʻilishi bayonnomasi komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi  va tasdiqlash uchun raisga taqdim etiladi. Bayonnoma tasdiqlangandan soʻng uning nusхasi kotib tomonidan yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab bir kun ichida tegishli hududiy adliya boshqarmasiga va Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga hamda notariusga yetkazilishi ta’minlanadi. Notarius malaka komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qaror ustidan Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilish tartibi belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2020 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Qayumov.