Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notariuslar хususiy boʻladimi

28.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu masalani adliya va moliya vazirliklari 2019 yil 1 iyulgacha hal etishlari kerak. Prezidentning 25.05.2018 yildagi «Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida ana shunday vazifa topshirilgan (manba – OʻzA).

 

Eslatib oʻtamiz, 2010 yilgacha mamlakatimizda davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar bilan bir qatorda хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritgan. Biroq 2010 yil 15 maydan e’tiboran хususiy notariuslar tizimi tugatilgan. Bunga qonun bilan belgilangan normalarni jiddiy buzish, хizmat vakolatlaridan gʻaraz maqsadlarda foydalanish holatlari sababchi boʻlgan, bu oхir-oqibat «хususiy notarial idoralar atrofida kriminogen vaziyatning paydo boʻlishiga» olib kelgan (5.05.2010 yildagi PF-4216-son Farmonga qarang).

 

Shunga qaramay, хususiy notariuslarning yoʻqligi boshqa turdagi muammolarni keltirib chiqardi. Notariat tizimi oʻta byurokratlashib ketdi, uzundan-uzun navbatlar yuzaga keldi, davlat bojlari va toʻlovlar undirish shaffof boʻlmay qoldi. Shu munosabat bilan 2017 yilda хususiy notariuslar institutini tiklash haqida gapirib qoldilar. Hatto Adliya vazirligi loyiha ishlab chiqdi, unga koʻra 2018 yildan boshlab barcha davlat notarial idoralari хususiy shaklga oʻtishlari kerak edi.

 

Biroq qaror qabul qilishga shoshilmadilar. Idoralarga ilgʻor хorijiy tajribani va milliy notarial amaliyotni chuqur oʻrgangan holda davlat notarial idoralarini faol nodavlat shakliga oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar kiritish vazifasi topshirildi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_