Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

«Nukus-farm» EIZ chegaralari kengaytirildi

02.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qaroriga 4-ilovaga tegishli tuzatishlar kiritildi (VMning 30.03.2019 yildagi 267-son qaroriga qarang).

 

Hujjatda nazarda tutilishicha, «Nukus-farm» EIZ hududlarini хatlash natijalariga koʻra Nukus shahri, Qonlikoʻl va Toʻrtkoʻl tumanlarida joylashgan, maydoni 42,29 gektardan iborat boʻsh turgan yer uchastkalari hisobiga uning chegaralarini kengaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.  

 

Koʻrsatilgan yerlar tadbirkorlik sub’yektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun berildi. Ayni paytda ularda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

 

Shu munosabat bilan «Nukus-farm» EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralari ta’rifiga oʻzgartirishlar kiritildi. Shu tariqa, ayni paytda EIZ 7 ta yer uchastkasini qamrab olmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.