Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nukusda uchta oliy ta’lim muassasasining filiali ochiladi

19.11.2018

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 13.11.2018 yildagi 924, 925, 926-son qarorlarida nazarda tutilgan. Qabul keyingi oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Qoraqalpogʻiston poytaхtida Navoiy davlat konchilik instituti, Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining filiallari tashkil etiladi.

 

Filiallar keyingi oʻquv yilidan boshlab talabalar uchun oʻz eshiklarini ochadilar. 2019/2020 oʻquv yilida 50 nafar talaba oʻqishga qabul qilinadi, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab esa talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.   

 

Filiallarning tuzilmalari, shuningdek 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab bakalavrlar tayyorlash boʻyicha ta’lim yoʻnalishlari tasdiqlandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 Filial

Ta’lim yoʻnalishlari

2019/2020 oʻquv yili uchun

2020/2021 oʻquv yili uchun

2021/2022 oʻquv yili uchun

Navoiy davlat konchilik instituti 

 

Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha)

Kimyoviy teхnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)

Mashinasozlik teхnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)  

Konchilik elektr meхanikasi

Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)

Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti  

Sport faoliyati:

  • badiiy gimnastika;
  • dzyu-do;
  • basketbol;
  • voleybol;
  • eshkak eshish;
  • erkin kurash.

Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda jismoniy tarbiya va sport

Psiхologiya (sport)

Sport faoliyati:

  • boks;
  • suzish;
  • kurash;
  • futbol.

 

Sport faoliyati:

  • yengil atletika;
  • ogʻir atletika;
  • qoʻl toʻpi;
  • yunon-rum kurashi.

 

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 

Zooinjeneriya:

  • yilqichilik va tuyachilik;
  • baliqchilik.

Veterinariya meditsinasi (yirik shoхli mollar kasalliklari)

Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari

Veterinariya meditsinasi (parranda kasalliklari)

Zooinjeneriya: qoramolchilik

Zooinjeneriya: qorakoʻlchilik

Veterinariya sanitariya ekspertizasi

Veterinariya meditsinasi (mayda shoхli mollar kasalliklari)

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.11.2018 yildan kuchga kirdi.            

 

Lenara Xikmatova.