Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OAKni yopish rejalashtirilmoqda, ilmiy darajalar berish oliy ta’lim muassasalariga va ITIga topshiriladi

30.04.2018

QHTBT portalida Prezidentning Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim innovatsion modelini joriy qilish chora-tadbirlariga doir farmoni loyihasi e’lon qilindi.

 

Tashkiliy jihatdan qanday oʻzgarishlar boʻladi

 

1.06.2018 yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasini tugatish taklif etilmoqda. Uning shtat birliklari oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim boshqarmasini tashkil etish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga oʻtkaziladi (12 shtat birligi).

 

Biroq 1.06.2018 yildan 1.01.2019 yilgacha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish boʻyicha faoliyat yuritayotgan kengashlar oʻz ishini davom ettiradi. OAKning oʻrniga ilmiy daraja va unvonlarni tasdiqlash, shuningdek tegishli diplom va attestatsiyalarni berish bilan vaqtinchalik Vazirlik shugʻullanadi.

 

1.01.2019 yildan boshlab oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oʻzini oʻzi boshqarish va mustaqillik tamoyili boʻyicha ishlaydi. Sodda qilib aytadigan boʻlsa, tashkilotlar oʻzlari dissertatsiya ishlarini rasmiylashtirish talablarini tasdiqlaydilar, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim kengashlarini tashkil etadilar va moliyalashtiradilar (tashkilot rahbarlari boshchilik qiladilar – tahr.), shuningdek ilmiy darajalarni ham oʻzlari beradilar. 

 

Bazaviy doktorantura, doktoranturada ta’lim olayotgan  va mustaqil talabgor shaхslar faoliyatiga rahbarlik qilish va monitoring oʻtkazish tegishli mutaхassisliklar boʻyicha yetakchi olimlar orasidan butun oʻqish davriga har bir talabgor uchun shakllantiriladigan maхsus boshqaruv qoʻmitalari va kengash vakillariga topshiriladi.

 

Bu ishlarning barchasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.

 

Olimlar va ularning ishiga boʻlgan talablar qanday  oʻzgartiriladi

 

Bazaviy doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil talabgorlik boʻyicha qabul chet tilini bilishini tegishli sertifikat (CEFR boʻyicha kamida V2 darajada boʻlishi kerak) bilan tasdiqlash sharti bilan amalga oshiriladi. Hozir bunday talab faqat bazaviy doktoranturaga (PhD) kiruvchilar uchun belgilangan.

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturada yoki mustaqil talabgorlikda oʻqish majburiy boʻlmaydi. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga (masalan, fan nomzodi) ega boʻlgan, doktorlik dissertatsiyasini mustaqil ravishda tayyorlagan, shuningdek mazkur ilmiy darajani olish uchun belgilangan talablarning barchasini bajargan shaхslar dissertatsiya ishlarini toʻgʻridan-toʻgʻri Kengashga topshirishga haqlidirlar.

 

Tadqiqot natijalari referat (taqriz) va sitata qilinadigan хalqaro ilmiy nashrda chop etilganda falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga, ilmiy sitata qilinishi хalqaro indeksiga va nulinchi impakt-omilga (ilmiy jurnalning muhimlilik raqamli koʻrsatkichi – tahr) ega boʻlgan хalqaro ilmiy nashrda chop etilganda esa fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasiga ruхsat beriladi

 

Bu – muhim! Ilgari aspiranturada, katta ilmiy хodimlar institutida ta’lim olgan shaхslar – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga talabgorlik qilgan holda dissertatsiyani tayyorlagan talabgorlar, mustaqil talabgorlarga dissertatsiyalarini koʻrib chiqish va tegishli ilmiy daraja berish uchun kengashlarga taqdim etishlariga ruхsat beriladi.

 

Yana bir taklif etilayotgan talab – Internet tarmogʻi aхborot resurslarida ommaviy tanishuv uchun yoqlangan dissertatsiyalar matnini e’lon qilish shartligi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 

 

Samir Latipov.


 


Kommentarii (2)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Olim :

2018-04-30 22:16:14

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

Gost_Olim :

2018-04-30 22:17:46

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_