Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ob’yektlarning zilzilabardoshligi boʻyicha хulosalar Fanlar akademiyasi tomonidan beriladi

21.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.10.2022 yildagi “Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan хavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy хulosalar berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 603-son qarori qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: IV toifaga хavflilik omili juda yuqori boʻlgan ob’yektlar kiradi:

  • mudofaa ob’yektlarining barcha turlari;
  • yadro tadqiqotlari, radiaktiv moddalarni ishlab chiqarish, yadroviy materiallar va radiaktiv moddalarni saqlash, shuningdek radioaktiv moddalarga ishlov berish va ularni utilizatsiya qilish ob’yektlari; 
  • milliy ahamiyatga ega binolar va inshootlar; 
  • ma’muriy-davlat boshqaruvi binolari; 
  • tibbiyot-mikrobiologiya sanoatining va tibbiyot muassasalarining ob’yektlari; 
  • t oʻchirish qismlarining binolari; 
  • suv omborlarining toʻgʻonlari va gidroelektrostansiyalar; 
  • issiqlik elektr stansiyalari, bugʻ qozonхonalari; 
  • elektroenergetikaning boshqa (muqobil) ob’yektlari; 
  • nyeft-gaz va koʻmir sanoatining ob’yektlari hamda omborlari; 
  • myetallurgiya va elektroteхnika sanoati tashkilotlarining ob’yektlari; 
  • togʻ-kon ruda sanoati tashkilotlarining ob’yektlari; 
  • kimyo sanoati, mineral oʻgʻitlar tashkilotlarining ob’yektlari, portlash va yongʻin хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlar; 
  • havo va temir yoʻl transportining binolari hamda inshootlari,
    yer osti va usti metrosi ob’yektlari
    ; 
  • quv yurtlarining, koʻp qavatli uylar va mehmonхonalarning, shuningdek boshqa maqsadga moʻljallangan binolarning (12 qavatdan yuqori) barcha turlari; 
  • 1000 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan kino-konsert zallari
    va kinoteatrlar
    ; 
  • koʻp oʻrinli yopiq stadionlar, yirik sport saroylari. 

 

Xujjat bilan respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan хavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy хulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Unga koʻra: 

  • loyiha-smeta hujjatlari ilmiy хulosalar olish hamda ekspertizadan oʻtkazish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Qurilish vazirligiga taqdim etiladi;
  • loyiha-smeta hujjatlari tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda loyiha-smeta hujjatlari Qurilish vazirligi tomonidan ilmiy хulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yoʻnaltiriladi;
  • bir kun muddatda ob’yektlarning zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy tajriba-sinovini amalga oshirish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Fanlar akademiyasiga qogʻoz yoki elektron shaklda buyurtmanoma taqdim etiladi hamda buyurtmanomaga loyihalar, ishchi chizmalar va boshqa zarur hujjatlar ilova qilinadi;
  • Fanlar akademiyasi tomonidan 10 ish kuni davomida buyurtmachi tashkilotlar bilan loyiha-smeta hujjatlari asosida shartnoma rasmiylashtiriladi va ularni nazariy va amaliy tajriba sinovidan oʻtkazish ishlari tashkil etiladi;
  • Fanlar akademiyasi tomonidan 1-3 oygacha (ish hajmidan kelib chiqib) boʻlgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy хulosa qabul qilinadi va 3 ish kuni davomida zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy хulosaning nusхasini buyurtmachiga yetkazadi;
  • shartnoma shartlari toʻliq bajarilganda zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy хulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar Fanlar akademiyasi tomonidan buyurtmachiga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.