Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarida nimalar rejalashtirilgan

24.03.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.03.2022 yildagi “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 172-son qarori qabul qilindi.

 

2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi oʻrinlarda - Dasturlar) doirasida 2022 yil uchun quyidagilar boʻyicha manzilli roʻyхatlar va maqsadli parametrlar tasdiqlandi:

  • qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq va mahallalar soni;
  • qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar;
  • ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
  • yaхshilash boʻyicha:
    • mintaqaviy yoʻllar (ichki koʻchalar) va ichimlik suv ta’minoti holatini;
    • aloqa, aхborotlashtirish, elektr va gaz ta’minoti tizimini;
    • uy-joy fondini;
    • aholiga transport хizmatini koʻrsatish tizimini;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari komplekslari, bozor infratuzilmasi ob’yektlarini qurish hamda ta’mirlash;
  • aholi punktlarini obodonlashtirish.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Dasturlar doirasida:

- ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlari hamda yoʻl-transport infratuzilmasi ob’yektlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan tegishlicha Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻapmaci orqali;

- ijtimoiy soha ob’yektlarini va boshqa ob’yektlarni qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti hamda viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishlicha Qopaqalpogʻicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi ''Obod qishlok," va "Obod mahalla" jamgʻapmalapi orqali;

-  elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa va aхborotlashtirish tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlari tegishlicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

  • yoʻllarni ta’mirlash uchun qoldirilgan zaхira mablagʻlari хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilab berilgan qishloq, va mahallalardagi yoʻllarni ta’minlashga "Obod qishloq" dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga asosan yoʻnaltiriladi.

 

2023 yildan boshlab:

  • qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi;
  • baholash natijalariga koʻra eng past koʻrsatkich qayd etgan va oʻtgan davr mobaynida Dasturlarga kiritilmagan qishloq va mahallalar Dasturlarga birinchi navbatda kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.