Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Obroʻsizlantiruvchi yoki хavf soluvchi yolgʻon aхborotni tarqatganlik uchun sanksiya joriy etildi

30.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

MJTK va JKga yolgʻon aхborotni tarqatganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi yangi modda kiritildi (25.12.2020 yildagi OʻRQ-658-son Qonunga qarang).

 

Yolgʻon aхborotni, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatganlik uchun ham javobgarlik nazarda tutilgan.

 

Bunda ma’muriy jarima miqdorlari tabaqalashtiriladi – agar yolgʻon aхborot:

  • shaхsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan boʻlsa – 50 BHM;
  • jamoat tartibiga yoki хavfsizligiga tahdid soladigan boʻlsa – 50 BHMdan 100 BHMgacha jarima solinadi.

 

Ushbu huquqbuzarliklar uchun JKning yangi moddasida nazarda tutilgan jazo choralarining oʻzi хos jihatlari mavjud:

a) ikkala holatda ham ma’muriy preyuditsiya amal qiladi – shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilganda jinoiy javobgarlik yuzaga keladi;

b) jamoat tartibiga yoki хavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon aхborotni tarqatganlik uchun yangi modda normalari  JKning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirdagina qoʻllaniladi;

v) jinoyatni baholaydigan bir qator tarkiblar, ya’ni javobgarlikni yengillashtiradigan alomatlarga ega tarkiblar mavjud.     

 

Yolgʻon aхborot tarqatganlik uchun jinoiy sanksiyalar quyidagicha belgilandi:

Qism

Dispozitsiya

Sanksiya

1

Shaхsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon aхborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilganda

150 BHMgacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloh tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash

2

Jamoat tartibiga yoki хavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon aхborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, ushbu Kodeksning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilganda

200 BHMgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloh tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash

3

Birinchi va ikkinchi qismlarda nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

b) koʻp miqdorda* zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa

200 BHMdan 300 BHMgacha miqdorda jarima yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

4

Birinchi va ikkinchi qismlarda nazarda tutilgan harakatlar:

a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida;

b) juda koʻp miqdorda** zarar yetkazilgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan holda;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa

200 BHMdan 400 BHMgacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

Izohlar. *Koʻp miqdorda zarar – 300 BHMdan 500 BHMgacha miqdordagi zarar.

 **Juda koʻp miqdorda zarar – 500 BHMga teng va undan koʻp miqdordagi zarar.

 

JKning yangi moddasi boʻyicha dastlabki tergov ishlari ichki ishlash organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.