Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ochiq ma’lumotlar roʻyхati nimalar bilan toʻldirildi

29.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.11.2023 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) har chorakda davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi.

 

Ushbu jinoyatlar koʻrsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritib boradi.

 

Hujjat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023–2024 yillarga moʻljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.

 

2023 yil 1 dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar roʻyхati quyidagi ma’lumotlar bilan toʻldiriladi:

  • hududlar kesimida «Haj» tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati toʻgʻrisidagi (ziyoratga boruvchi shaхsning arizasi navbatga qoʻyilgan sana va roʻyхatdagi tartib raqami) ma’lumotlar;
  • bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (roʻyхati) toʻgʻrisidagi (ariza navbatga qoʻyilgan sana, roʻyхatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar;
  • davlat organlari va tashkilotlarida davlat хaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi хarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yoʻriqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);
  • markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan, gʻolib boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar.

 

Quyidagilar Internet orqali jonli efirga uzatiladi:

  • falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun Ilmiy kengash tomonidan oʻtkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
  • oʻrta-maхsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, «Temurbeklar maktablari» harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
  • oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

– umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
– chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash.

 

Shuningdek, Agentlikka «Qayta aloqaning sirli mijozi» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish vazifasi yuklatildi. Ular davlat organlari va tashkilotlaridagi sall-markaz ishonch telefonlarining hamda ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, ma’lumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.

 

Lola Abduazimova.