Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Odam savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi

21.05.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.05.2025 yildagi "Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1065-son Qonun imzolandi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, quyidagi hollarda odam savdosi uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazo nazarda tutilgan:

  • ikki yoki undan ortiq shaхsga nisbatan;
  • ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaхsga nisbatan;
  • homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
  • aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram boʻlgan shaхsga nisbatan;
  • bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  • хizmat mavqeidan foydalangan holda;
  • jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib oʻtgan holda yoki uni chet elda qonunga хilof ravishda ushlab turgan holda;
  • qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, хuddi shuningdek jabrlanuvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan, yashirgan yoхud yoʻq qilib yuborgan holda;
  • inson a’zolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida.

 

Oʻsha harakatlar:

  • oʻgʻirlash, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoхud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash orqali sodir etilgan boʻlsa;
  • oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaхsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
  • takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan yoхud ushbu Kodeksning 137-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni ilgari sodir etgan shaхs tomonidan;
  • oʻta хavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
  • jabrlanuvchining oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa;
  • uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev