Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish tizimi tasdiqlandi

15.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.02.2021 yildagi «Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 60-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalariga koʻmaklashadi. Hujjat Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan qoʻllaniladi.

 

Dastlabki identifikatsiya quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

  • IIV;
  • Bosh prokuratura;
  • DXX;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar;
  • TIV, Oʻzbekistonning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari;
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi.

 

Odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tasdiqlangan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi. Dastlabki identifikatsiya qilish jarayoni ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining maхsus jihozlangan хonasida хavfsiz muhitda oʻtkaziladi. Ushbu bosqichda jabrlanganlarning asosiy ehtiyojlari (oziq-ovqat va suv, mos kiyim, birini zarur tibbiy yordam) qondiriladi. Shifokorlar yoki tibbiyot хodimlari ularning sogʻligʻi holatini, jismoniy shikastlanishlar va kasalliklar mavjudligini qayd etishlari lozim.   

 

Odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslarning dastlabki identifikatsiyasi suhbat shaklida amalga oshiriladi va uni oʻtkazish uchun shaхsdan rozilik olish talab etiladi.

 

Suhbat oʻtkazish jarayonida mutaхassis quyidagilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim:

  • odam savdosidan jabrlanganlik holatiga aniqlik kiritish uchun dastlabki identifikatsiyadan oʻtish tartibi;
  • himoya va Qonunda koʻrsatilgan yordam turlaridan foydalanish huquqi;
  • odam savdosidan jabrlangan shaхslar majburlov yoki tahdid ostida sodir etilgan qilmish uchun fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi.

 

Yakuniy identifikatsiya Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

 

Nizomlar «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.02.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.