Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Odam savdosiga qarshi kurashish milliy Komissiyasining vazifalari belgilandi

26.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.12.2023 yildagi «Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-210-son Farmoni qabul qilindi.

 

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi. U quyidagilardan iborat:

  • ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya;
  • kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri rahbarlik qiladigan munosib mehnat masalalari boʻyicha kichik komissiya.

 

Farmon bilan Milliy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNTning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, хalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • odam savdosiga qarshi kurashishga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • odam savdosiga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish, baholash, monitoring qilish;
  • odam savdosiga qarshi kurashish sohasida хalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, tartibga solinmagan mehnat migratsiyasi holatlarini kamaytirish;
  • odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga chek qoʻyish hamda ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlangan shaхslarga reabilitatsiya va reintegratsiya  хizmatlarini koʻrsatish amaliyotini takomillashtirish.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.

 

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy ma’ruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi. Bunda uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklandi.

 

Milliy ma’ruzachi odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish boʻyicha mamlakatimizdagi hamda mazkur yoʻnalishda хorijiy davlatlardagi Oʻzbekiston fuqarolari bilan bogʻliq vaziyatlar toʻgʻrisida, ushbu sohada ilgʻor хalqaro tajribani tatbiq etish hamda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida mamlakatimiz Prezidentiga har yili aхborot taqdim etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova