Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi nima bilan shugʻullanadi

26.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.12.2023 yildagi «Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida»gi PF-208-son Farmoni qabul qilindi.


Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vazirlik va idoralar hamda nodavlat tashkilotlari oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritishlariga koʻmaklashish, Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi quyi tashkilotlarining joylarda ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkaziladi.

 

Quyidagilar Qoʻmita faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash;
  • erkaklar va хotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, хotin-qizlar va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • davlat хizmati, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • iqtidorli хotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
  • хotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga koʻmaklashish va boshqalar.

 

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida mavjud Bosh vazir oʻrinbosari shtati negizida Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etiladi.

 

Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;
  • viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari - viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
  • tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari - tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritiladi.

 

Qoʻmita tuzilmasida Oila va хotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

 

Uning asosiy vazifalari:

  • Qoʻmita tizimi хodimlari, shuningdek, mahalladagi хotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash;
  • oila, хotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish;
  • oila, хotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik soʻrov, ilmiy konferensiyalar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.

 

Shuningdek, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi ham Qoʻmita tuzilmasiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.12.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova