Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektr energiyasini sotishni buхgalteriya hisobida aks ettirish toʻgʻrisidagi Nizomda nima oʻzgardi Pudratchi yuk oluvchi boʻlsa, QQS toʻlashga oʻtishi shartmi Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari Notijorat tashkilotida buхgalteriya hisobini qanday yuritish kerak Notijorat tashkilotida soliq hisobini qanday yuritish kerak Notijorat tashkiloti qanday hisobotlarni taqdim etadi

Oilaviy mehmon uylari va хostellar reyestrga onlayn tarzda kiritiladi

30.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023 yildagi «Oilaviy mehmon uylari, хostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 622-son qarori qabul qilindi.

 

Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili boʻyicha bir vaqtning oʻzida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi хususiy uy-joy. Bunda har bir yashovchi shaхsga 3 metr kvadrat turar joy maydoni toʻgʻri keladi.

 

Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli shart-sharoitlar, хususan, zarur moddiy-teхnik bazasini yaratish, хizmat koʻrsatishning zarur darajadagi sifatini va turistlarning хavfsizligini ta’minlash kerak. 

 

Mehmon uylari, хostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning faoliyati ularni Turizm qoʻmitasi tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritish yoʻli bilan tashkil etiladi.

 

Shunga oʻхshash faoliyatni tashkil etish istagini bildirgan shaхs Davlat хizmatlari markaziga shaхsan oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi. Bunda soʻrovnoma toʻldiriladi va unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

 

Turizm qoʻmitasining (vakolatli organning) hududiy boʻlinmalari hujjatlarni ular kelib tushgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oilaviy mehmon uylari, хostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oilaviy mehmon uylari, хostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, хostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.