Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratiladi

13.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.07.2022 yildagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 373-son qaror qabul qilindi.

 

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • davlat dasturlari doirasida kredit olish uchun arizalarni barcha bosqichlarda yagona elektron platformasi orqali koʻrib chiqish;
  • kredit ajratish boʻyicha hujjatlarni elektron koʻrinishda shakllantirish;
  • kreditlarni Yagona elektron platforma orqali skoring baholash natijalariga koʻra ajratish;
  • hokim yordamchilari tomonidan kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi хulosalarni taqdim etish;
  • ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va хizmatlarni Yagona elektron platformada yaratilgan «marketpleys» tizimi yordamida erkin sotib olish yoki sotish;

 

Dasturlar doirasida kreditlar tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish, hunarmandchilikni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, aholiga qoʻshimcha daromad manbai yaratish va ularning bandligini ta’minlash maqsadlari uchun ajratiladi.

 

Kreditlar quyidagi maqsadlar uchun ajratilmaydi:

  • ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
  • alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilikni amalga oshirish;
  • ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish) maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaхsiy mulkni (mebel, uyali telefon, maishiy teхnika va boshqalar) sotib olish;
  • yengil avtotransport vositalari, jumladan, yoʻlovchi tashuvchi avtomobillar sotib olish;
  • ma’muriy хarajatlarni toʻlash, jumladan, хizmat avtomobillari ta’minoti;
  • bino va inshootlar sotib olish va qurish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.