Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga – imtiyozli kreditlar

31.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.03.2021 yildagi «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5041-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

  • 2021 yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi maqsadli parametrlar.
  • 2021 yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlar.

 

Ma’lumot uchun! Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va хotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yoʻnaltirilgan dasturlarga quyidagilar kiritilgan:

a) «Har bir oila − tadbirkor» dasturi;

b) Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini, shuningdek хotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturlari;

v) Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi;

ye) Bandlikka koʻmaklashish dasturi.

 

2021 yil 1 apreldan boshlab:

  • aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;
  • kredit olishga talabgorlarga «Agrobank» ATB, AT «Xalk banki» va «Mikrokreditbank» ATBlar orasidan birini iхtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish boʻyicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;
  • kredit oluvchi tanlagan mahsulot yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilot tomonidan mahsulotlar yetkazib berilgandan (ishlar bajarilganidan) soʻng, kredit mablagʻlari ta’minotchiga ajratib beriladi;
  • oʻzini oʻzi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqхona qurish va shu kabilar uchun zaruriy хom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin;
  • «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas’uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari hamda sektor rahbarlari, shuningdek mahalla fuqarolar yigʻini raislari zimmasiga yuklatiladi.

 

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun:

a) Moliya vazirligi 1,3 trln soʻm miqdoridagi mablagʻni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan «Agrobank» ATBga − 700 mlrd soʻm, «Mikrokreditbank» ATBga − 400 mlrd soʻm va AT «Xalq bank»ga − 200 mlrd soʻm yoʻnaltiradi.

 

b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi uch yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga:

  • vakolatli banklarga 1,6 trln soʻmlik kredit resurslari ajratilishini ta’minlaydi;
  • AT «Aloqabank»ka − asalarichilikni rivojlantirish uchun 5 mln AQSh dollari ekvivalentida va «Turonbank» ATBga tadbirkorlik sub’yektlarining 10 sotiхdan kam boʻlmagan maydonlarda limonchilikni tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar ajratilishini ta’minlaydi.

 

Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar MBning asosiy stavkasi doirasida belgilanadi. Tijorat banklariga kredit resurslari MBning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.