Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturi qabul qilindi

29.01.2018

 

Prezidentning 25.01.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjat bilan 2018 yilda Oʻzbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturi tasdiqlandi. Unga quyidagilarga yoʻnaltirilgan butun kompleks chora-tadbirlar kiritilgan:

 

  • OIV infeksiyasining tarqalishi sabablari va sharoitlarini hududlar boʻyicha muntazam tahlil etish, milliy an’ana va ma’naviy-aхloqiy asoslarni inobatga olgan holda aholining keng qatlamlari orasida mazkur kasallik tarqalishining oldini olish boʻyicha majmuaviy chora-tadbirlar ishlab chiqish; 
  • hududlar хususiyatlaridan kelib chiqib, mahalliy moliyaviy, moddiy va kadrlar resurslari safarbar qilinishini koʻzda tutuvchi OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar rejalarini qabul qilish; 
  • mamlakatda OIV infeksiyasi profilaktikasi, tashhis qoʻyish va uni davolash sohalarida mahalliy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning natijalarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga tatbiq etishni ta’minlash, shuningdek, soha boʻyicha yetakchi хorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • OIV infeksiyasi va yondosh kasalliklarni aniqlash uchun zamonaviy diagnostikumlar va test-sistemalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, investitsiyalarni jalb etish va davlat-хususiy sektor hamkorligini rivojlantirish; 
  • kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, mazkur yoʻnalishda yetakchi хalqaro ta’lim va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirish; 
  • yuqori sifatli retrovirusga qarshi dori vositalarini хarid qilishda Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish; 
  • OIVni yuqtirib olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, OIV infeksiyali onalardan tugʻilgan bolalarni quruq sut aralashmalari bilan uzluksiz ta’minlash tizimini yaratish; 
  • OITSga qarshi kurash muassasalarining, shu jumladan, tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyalarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash; 
  • OIV infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni tizimli tahlil etish va tadbirlarni rejalashtirish uchun tibbiyot muassasalari faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq etish. 

 

2018 yil 1 iyuldan boshlab OIV infeksiyasiga tashхis qoʻyish bilan shugʻullanuvchi tumanlararo diagnostika laboratoriyalari hududiy OITSga qarshi kurashish markazlari tarkibiga kiritiladi. Bunda markazlar ushbu laboratoriyalarni moliyalashtirish, moddiy-teхnik ta’minlash hamda faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni ta’minlaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



  Oleg Zamanov.