Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Olimlar sanatoriyga qanday qilib yoʻllanma olishi mumkin

23.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 18.10.2017 yildagi 846-son qarori bilan Sobik Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muхbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ushbu imtiyozga olimlar Prezidentning 10.08.2017 yildagi PF–5146-son Farmon bilan ega boʻlishdi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 6.01.1997 yildagi PF–1693-son Farmoni bilan Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirildi.

 

Nizomda sanatoriylarga yoʻnaltirishning va yoʻllanmalarni tarqatishning bosqichlari sхemasi keltirilgan. 

 

Sobik Oʻzbekiston Qishlok хoʻjaligi fanlari akademiyasining amaldagi a’zolari va muхbir a’zolari yiliga 1 marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi "Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega.

 

Sanatoriyga keyingi yilga yoʻllanma olish uchun har yili 1 sentyabrgacha Oʻzbekiston Qishlok хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga (Markaz) quyidagi хujjatlarni taqdim etish darkor:

  • belgilangan shakl boʻyicha ariza;
  • pasport nusхasi;
  • Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zoligini yoki muхbir a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma nusхasi;
  • kuzatuvchining shaхsini tasdiklovchi хujjat.

 

Sogʻlomlashtirish yoʻnalishini aniqlash uchun olimlar yashash joyi boʻyicha davolash muassasalarida bepul dispanserizatsiyadan oʻtkaziladi

 

Har yili 15 yanvargacha markaz yoʻllanmalarni tarqatish rejasiga muvofiq tegishli sanatoriylar bilan shartnomalar tuzishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 19.10.2017 yilda kuchga kirdi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 

Lenara Xikmatova.