Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan rejimga oʻtishda QQS boʻyicha salbiy farqni hisobdan chiqarish: nima tushunarli va qaysi savollar ochiq qolmoqda Ogohlantirishsiz soliq auditi. 2-qism: nimalar soliq toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari hisoblanadi NKT chekida va tushumlar boʻyicha hisobotda yoʻqotilgan ma’lumotlarni qanday tiklash mumkin

Olimpiada va sport musobaqalari gʻoliblari Oʻzbekiston boʻylab sayohat bilan ragʻbatlantiriladi

29.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2026 yildagi 406-son qarori bilan Ta’lim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini "Oʻzbekiston boʻylab sayohat" yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Yoshlar oʻrtasida respublika miqyosida oʻtkaziladigan sport musobaqalari gʻoliblarini "Oʻzbekiston boʻylab sayohat" yoʻllanmasi bilan qoʻshimcha taqdirlashni joriy etish 15.05.2025 yildagi PF-87-son Farmonda nazarda tutilgan.

 

Hujjat quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

• "Oʻzbekiston boʻylab sayohat" yoʻllanmasini olish uchun ariza berish;

• sayohatlarni tashkil etish va ularning tashkilotchilarining majburiyatlari;

• sayohatchilarning huquq va majburiyatlari.

"Oʻzbekiston boʻylab sayohat" yoʻllanmasi respublika va viloyat darajalarida (tegishli ravishda uch va ikki kunlik sayohatlar) quyidagilarga topshiriladi:

• davlat va nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, oʻquv litseylari va professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida umumta’lim fanlari boʻyicha fan olimpiadalari va (yoki) sport musobaqalari gʻoliblariga;

• respublika oliy ta’lim tashkilotlarining fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblariga;

• oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan "Yangi Oʻzbekiston – Olimpiya choʻqqilari" sport musobaqalari gʻoliblariga.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblarining belgilangan manzillarga borish jadvalini har yili 15 aprelga qadar tasdiqlaydi.

 

Tashkilotchilar tomonidan tasdiqlangan safarlar jadvaliga muvofiq har yili iyun va iyul oylarida safarlar tashkil etiladi.

 

Bunda turoperator va tashkilotchi oʻrtasida turistik tadbirlar va хizmatlarni tashkil etish hamda koʻrsatish toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.07.2026 yildan kuchga kirdi.


                                        Lola Abduazimova