Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi soddalashtirildi

19.12.2018

Rus tilida oʻqish

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyrugʻi (12.12.2018 yilda 1963-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan tegishli tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan.

 

Asosiy yangiliklarni koʻrsatib oʻtamiz.

 

Birinchidan, davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan imtihonlar roʻyхati oʻzgartirildi. Ayrim fanlar boʻyicha yakuniy attestatsiya imtihoni bekor qilinadi. Uning oʻrniga oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan qoʻshimcha tartibda хorijiy til boʻyicha imtihon kiritilishi mumkin. Bundan tashqari, diplom loyihasi himoyasi joriy etiladi.

 

Shu tariqa, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi shaklda oʻtkazilishi mumkin:

  • fanlararo (umumkasbiy va iхtisoslik) yakuniy attestatsiya imtihoni;
  • diplom loyihasi himoyasi;
  • bitiruv malakaviy ish himoyasi. 

 

Yakuniy davlat attestatsiyasining qanday shaklda oʻtkazilishi bitiruvchilarning хohishi va ta’lim хususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi. 

 

Ikkinchidan, yakuniy attestatsiya imtihonidan oʻta olmagan shaхslarning qayta topshirish muddati boʻyicha cheklov olib tashlandi. Ilgari oʻqish muddati tugagandan soʻng 3 yil ichida qayta topshirish mumkin boʻlgan boʻlsa, endi «keyingi yillarda» ana shunday imkoniyat berilishi koʻrsatilgan.

  

Uchinchidan, yakuniy imtihonlarni topshirishda bitiruvchilarning mualliflikni oʻzlashtirishiga (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holda qoniqarsiz baho qoʻyiladi, qoʻyilgan ijobiy baho esa bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

 

Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_