Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan QQSga oʻtish: salbiy farq va hisobga olingan QQSni nima qilish kerak 2026 yil sentyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi «Toshkent» XMM: kimlar ishtirokchi boʻlishi mumkin va yangi qonun qanday imtiyozlar beradi

Oliy ta’lim toʻgʻrisidagi nizom yangilandi

10.04.2026

Rus tilida oʻqish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi (03.04.2026 y. AV roʻyхat raqami 3807-son) bilan Oliy ta’lim toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

 

Xususan, quyidagi shakllarda ta’lim olish muddati kunduzgi ta’lim shakliga nisbatan uzoqroq boʻlishi belgilandi:

  • sirtqi shaklda – kamida 1 yilga;
  • kechki shaklda – kamida yarim yilga.

 

Oliy ta’lim kunduzgi, masofaviy, dual, inklyuziv va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

 

Ta’lim jarayonining oʻzi Yevropa kreditlarni oʻtkazish va jamgʻarish tizimiga (ECTS) moslashtirilgan milliy kredit-modul tizimiga asoslangan.

 

Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.04.2026 yil kuchga kirdi.

Lola Abduazimova