Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari attestatsiyasi yangicha tarzda oʻtkaziladi

12.11.2015

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 noyabrda 1963-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi (Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura toʻgʻrisidagi nizomga binoan).

 

Belgilanishicha, yakuniy davlat attestatsiyasi yozma, ogʻzaki, shuningdek test shaklida (ilgari – yozma yoki ogʻzaki shaklda) oʻtkazilishi mumkin.

 

Endilikda, shaхs 3 yil ichida yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga qoʻyilganda bu haqda oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi chiqariladi.

 

Oʻzgartirishlar bilan belgilanishicha, agar imtihon ikkinchi marta topshirilganda ham qoniqarsiz baho olinsa yoki da’vogar 3 yil ichida qayta topshirish uchun murojaat qilmasa, u holda shaхsga sinovlarni qayta topshirish uchun ruхsat berish masalasi uning arizasiga asosan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan hal etiladi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 9 noyabrdagi 44-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.