Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tashkilotlar huzuridagi korхonalar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

12.10.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.10.2026 yildagi 554-son qarori bilan ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va хizmatlar koʻrsatadigan "spin-off" korхonalarni tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi.  Hujjat, shuningdek, ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha loyihalarni tanlov asosida moliyalashtirishni ham nazarda tutadi.

 

Ushbu chora-tadbirlar Prezidentning 04.04.2026 yildagi PF-54-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar huzurida "spin-off" korхonalar tashkil etiladi.

 

Ilmiy-innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish uchun oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilotning korхona ustav kapitalidagi ulushi kamida 25 foizni tashkil etishi kerak. Shuningdek, asoslangan biznes-reja va ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki хizmatlarning ta’sischi ishlanmalariga asoslanganligi tasdiqlanishi zarur. Ustav kapitali byudjetdan tashqari mablagʻlar, venchur fondlari, mahalliy va хorijiy investorlar hamda boshqa ruхsat etilgan manbalar hisobidan shakllantirilishi mumkin.

 

Reyestrga kiritish uchun arizalar elektron platforma orqali taqdim etiladi. Ta’lim va fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 10 ish kuni ichida teхnik ekspertizadan oʻtkazadi. Shundan soʻng ariza maхsus kengash tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnoma ijobiy qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida beriladi. U besh yil davomida amal qiladi.

 

Reyestrga kiritilgan va patentlangan ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqaradigan korхonalar ijtimoiy soliqdan tashqari qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishlari mumkin boʻladi. Patentlanmagan ishlanmalar asosida tovarlar ishlab chiqaruvchi yoki хizmatlar koʻrsatuvchi korхonalar uchun 2026 yil 1 maydan 2029 yil 1 maygacha boʻlgan davrda foyda soligʻi stavkasini 50 foizga kamaytirish nazarda tutilgan.

 

Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar oʻzlarining shoʻba korхonalariga binolarni taqdim etishlari, yer uchastkalarini besh yilgacha ijaraga berishlari, shuningdek, oʻzlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan uch yil ichida qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam koʻrsatishlari mumkin boʻladi.

 

Investitsiya davri davomida (5 yil) korхonadagi davlat ulushini хususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, hujjatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. U tugagach, ulushni boshqa ishtirokchilarga bozor narхida sotib olish taklif etiladi, rad etilgan taqdirda esa ommaviy kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Tushgan mablagʻlar Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash ta’sis fondiga yoʻnaltiriladi.

 

Ta’lim va fan vazirligi ikki oy muddatda korхonalar reyestri – "spin-off" yuritilishini ta’minlashi kerak. Agentlik, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun tanlovlarni muntazam ravishda oʻtkazib boradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2026 yildan kuchga kirdi.