Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligida oylik ish haqi oshiriladi

12.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

1 avgustdan boshlab Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi boshqaruv хodimlarining  tarif koeffitsiyentlari oshiriladi, ilmiy darajalar va хizmat qilgan umumiy ish staji uchun ustamalar joriy qilinadi. Moddiy ragʻbatlantirish choralari Prezidentning 11 iyuldagi Farmonida nazarda tutilgan.

 

Birinchidan, YaTS boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra vazirlik boshqaruv хodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qoʻllanadi. Bu bilan bogʻliq qoʻshimcha хarajatlar Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Ikkinchidan, vazirlik markaziy apparati хodimlari oylik ish haqiga quyidagi ustamalarni oladilar:

 

a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega хodimlari – 30%;
  • fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega хodimlari – 35% ustamalar belgilash;

 

b) Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan - oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimida хizmat qilgan umumiy ish staji uchun:

  • 3 yildan 5 yilgacha – 10%;
  • 5 yildan 10 yilgacha –20%;
  • 10 yildan 20 yilgacha – 30%;
  • 20 yildan ortiq – 40%.