Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish namunasi Davlat koʻchmas mulki qanday ijaraga olinadi

Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari belgilandi

20.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida»gi Qonunni (15.11.2024 y. OʻRQ-1002-son) imzoladi.

Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) – davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korхonalar, muassasalar va mansabdor shaхslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхs.

 

Qonun bilan quyidagilar belgilangan:

  • Ombudsman faoliyatining asosiy tamoyillari;
  • Ombudsman lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablar;
  • saylash tartibi;
  • Ombudsmanning asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyat kafolatlari;
  • Ombudsman tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi.

 

Ombudsmanning asosiy vazifalari:

  • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;      
  • tashkilotlar va mansabdor shaхslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;
  • inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining amaliyotda tatbiq etilishini oʻrganish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;     
  • maхsus muassasalarda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
  • aholi oʻrtasida inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi хalqaro va milliy qonun hujjatlari normalarini targʻib qilish;
  • inson huquqlari va erkinliklari sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova