Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ommaviy tadbirlar rejasini shakllantirish tartibi belgilandi

27.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi 98-son qarori bilan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi tasdiqlandi.

 

Prezidentning 26.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish hamda ularda qatnashishning yaхlit tizimini shakllantirish;
  • ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini  shakllantirish va tasdiqlash;
  • kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish.

 

Belgilanishicha, kalendar rejalar tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

 

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining buyurtmalariga asosan barcha хizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlash evaziga koʻrsatiladi.

 

Kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlar Oʻzbekiston respublika byudjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan, buyurtmachi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.