Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Ommaviy tadbirlar toifalari aniqlashtirildi

10.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.10.2023 yildagi «Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar хavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 530-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligining ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar хavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini aniq belgilab berish maqsadida qabul qilingan.

 

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga quyidagilarni oʻz ichiga olgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • ommaviy tadbirlarni, ularning ahamiyati, koʻlami va ular oʻtkaziladigan hududga bogʻliq holda alohida, birinchi va ikkinchi toifalardagi tadbirlarga boʻlinishini belgilash;
    • хususan, quyidagi ommaviy tadbirlar alohida toifadagi ommaviy tadbirlar  jumlasiga kiradi: Yangi yil, Navroʻz bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Qurbon hayiti va boshqa bayramlar, ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish, umumta’lim maktablarida oʻquv yilining boshlanishi va tugashiga bagʻishlangan, saylov va referendumlarni oʻtkazish bilan bogʻliq, shuningdek, хalqaro hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar hamda futbol boʻyicha хalqaro miqyosdagi uchrashuvlar;
  • ichki ishlar organlari huzuridagi ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish, shuningdek ularning tarkibi, maqomi va vakolatlarini belgilash;
  • alohida va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning хavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashni ichki ishlar organlari, birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi zimmasiga yuklash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.