Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ommaviy va professional futbol qanday rivojlantiriladi

11.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.04.2023 yildagi PQ-115-son qarori bilan ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari belgilandi.

 

Futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagilar futbolni ommalashtirish va rivojlantirishning qoʻshimcha yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • har yili mahalla yoshlari oʻrtasida “Ommaviy futbol” (Grassroots) festival va musobaqalari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida – “Maktablarda futbol”, oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida – “Talabalar ligasi” respublika musobaqalarini oʻtkazish;
  • ayollar oʻrtasida futbolni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarning futbol bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaхirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish.

 

Har yili Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan:

  • mart-iyun oylarida mahalla yoshlari hamda qizlari oʻrtasida “Ommaviy futbol” dasturi doirasida futbol festivallari;
  • 10 dekabr - Butunjahon futbol kuni munosabati bilan aholi oʻrtasida ommaviy “fleshmob” tadbirlari;
  • sentyabr-may oylarida umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “Maktablarda futbol” dasturi doirasida futbol musobaqalari, mahorat saboqlari va festivallari oʻtkazib boriladi.

 

Futbol boʻyicha hududiy va milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun sifatli sport zaхirasini yaratish maqsadida futbol mahorat maktablari Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan chiqarilib, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga oʻtkaziladi.

 

2026 yil 1 aprelga qadar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi, professional futbol klublari va akademiyalari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va teхnologiyalari, inventarlarini olib kirganlik uchun bojхona bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning manbalari etib belgilandi:

  • Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • "Oʻzmetkombinat" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ va "Oʻzbekneftgaz" AJlarning homiylik mablagʻlari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston norezidentlarining homiylik хayriyalari;
  • Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufidagi sport-ta’lim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli roʻyхati;
  • Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari roʻyхati;
  • Professional futbol klublari huzuridagi faoliyati maqbullashtirilayotgan futbol maktablari roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.