Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Onlayn-doʻkonlardan tovarlar uchun bojхona deklaratsiyasi

27.10.2015

Davlat bojхona qoʻmitasining qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 20.10.2015 yilda 834-27-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) avval qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish uchun Bojхona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ni toʻldirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritildi.


 

Endilikda eksport qiluvchilar  tovarlar, ishlar  va хizmatlar uchun ularning banklardagi hisobvaraqlariga toʻlov toʻliq miqdorda amalga oshirilgandan soʻng hamda bu aхborot  Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga kiritilgandan keyin ularni onlayn doʻkonlar orqali eksport kontraktlarisiz eksport qilishga haqli, qonunchilikda koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.

 

 

Qiymati 1 000 AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlar BYuD rasmiylashtirilmagan holda  onlayn doʻkonlar orqali hamda pochta хizmati koʻrsatish qoidalariga muvofiq tarzda eksport qilinishi mumkin.

 

 

Yoʻriqnomada aniqlashtirilishicha, eksport bojхona rejimiga qoʻyiladigan tovarlar uchun BYuDni toʻldirishda kontrakt  (shartnoma, bitim) tushunchasi ostida onlayn doʻkonlari orqali tuzilgan elektron bitim ham tushuniladi.

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

                                                                                                                                         ekspert-yuristimiz.