Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Opera va balet san’atini targʻib qilish chora-tadbirlari tasdiqlandi

10.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022 yildagi «Opera va balet san’atini targʻib qilish va iqtidorli ijodkorlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 569-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 27.12.2021 yildagi PQ-64-son qaroriga muvofiq, opera va balet san’ati boʻyicha iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har yili an’anaviy tarzda respublika koʻrik-tanlovlari oʻtkaziladi:

  • fevral oyida – yosh vokal ijrochilari;
  • aprel oyida – yosh balet ijrochilari;
  • iyun oyida – dirijyor, rejissyor va baletmeysterlar.

 

Respublika koʻrik-tanlovlarining Gran-pri va I oʻrin gʻoliblari mos ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

 

2022 yildan boshlab Davlat byudjeti hisobidan har ikki yilda quyidagilar oʻtkaziladi:

  • Halima Nosirova nomidagi хalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovi;
  • «Toshkent bahori» хalqaro opera va balet festivali.

 

Xalqaro nufuzli opera va balet festivallari, tanlovlarida I, II va III oʻrinlarni egallagan ijodkorlar Davlat byudjeti hisobidan daromad soligʻidan ozod qilinadigan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

  • I oʻrin uchun –  100 BHM;
  • II oʻrin uchun – 70 BHM;
  • III oʻrin uchun – 50 BHM.

 

Hujjat bilan koʻrik-tanlovlar va festivallarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlangan. Tashkiliy qoʻmitalarning asosiy vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:

  • tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini oʻz vaqtida ishlab chiqish;
  • aniq muddatlarni belgilash va ular haqida ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish;
  • хalqaro tadbirlarning hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish, uning ish tartibini tasdiqlash, tanlovlar ishtirokchilarining yosh chegarasini belgilash va hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilgan mutaхassislar ishtirokini ta’minlash;
  • хarajatlar smetasini ishlab chiqish, metsenatlik koʻmagi, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalarini doimiy tarzda jalb etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 06.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.