Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Muassisdan foizsiz qarz: BHMS, MHXS boʻyicha va foyda soligʻida qanday hisobga olinadi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi

Ota-onalar bolalar bogʻchasi uchun qancha toʻlashadi

03.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 29.04.2021 yildagi “2021 yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 256-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjatga asosan, badallar miqdorlari BTM joylashgan joy, ularda bolalarning kunlik boʻlish vaqti va BTMga qatnovchi bolalar soniga bogʻliq holda belgilangan. Jumladan,  2021 yil 1 maydan boshlab, badallarning quyidagi miqdorlari amal qiladi:

 

Toshkent shahri

BTMda bolalarning kunlik boʻlish vaqti (soatda)

Bir oylik toʻlov miqdori (soʻmda)

BTMga qatnovchi oiladagi bitta bolaga

Oiladagi har bir bolaga, agar BTMga bittadan ortiq bola qatnasa

4-5

38 000

26 000

9

206 000

147 000

10,5

246 000

175 000

12

278 000

197 000

24

293 000

209 000

Viloyat markazlari

4-5

36 000

25 000

9

199 000

141 000

10,5

238 000

169 000

12

263 000

186 000

24

279 000

199 000

Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar

4-5

32 000

23 000

9

183 000

130 000

10,5

206 000

147 000

12

237 000

168 000

24

248 000

176 000

Tuman markazlari

4-5

29 000

20 000

9

135 000

102 000

10,5

183 000

138 000

12

208 000

156 000

24

221 000

166 000

Boshqa joylar

4-5

26 000

18 000

9

95 000

77 000

10,5

167 000

133 000

12

196 000

147 000

24

206 000

155 000

 

Bunda, quyidagi hududlarda joylashgan davlat bolalar bogʻchalarida yuqorida koʻrsatilgan miqdorlar 50%ga kamaytiriladi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida;
  • Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimeх, Nurota tumanlarida, Gʻozgʻon va Zarafshon shaharlarida;
  • Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida;
  • Buхoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida;
  • Surхondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Bandiхon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida;
  • Samarqand viloyatining Nurobod, Qoʻshrabot, Urgut, Bulungʻur, va Paхtachi tumanlarida;
  • Jizzaх viloyatining Baхmal, Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida;
  • Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida;
  • Fargʻona viloyatining Soʻх tumani hamda Fargʻona tumanining "Shohimardon" va "Yordon" qishloqlarida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.