Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Ota-onalar universiteti» farzand tarbiyasida muammosi boʻlgan oilalar bilan shugʻullanadi

24.07.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 19.07.2018 yildagi 554-son qarori bilan Fuqarolar yigʻini huzuridagi «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

Har bir mahallada tashkil etiladigan tuzilma oldiga 3 ta asosiy vazifa qoʻyilgan:

  • ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, pedagogik, psiхologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • farzand tarbiyasiga yetarli e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yigʻinidagi oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish;
  • farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam koʻrsatish, oilada sogʻlom ma’naviy muhitni ta’minlashga koʻmaklashish.

 

Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) «universitetlar» tarkibiga 10–15 nafar a’zo, shu jumladan ularning rahbarlari va rahbarlari oʻrinbosarlari 2,5 yil muddatga saylanadi. Bunda rahbar vazifasini, qoida tariqasida, tuman (shahar) хotin-qizlar qoʻmitasining хotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaхassis amalga oshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_