Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTB avtomobil yoʻllari rekonstruksiyasiga 273,8 mln AQSh dollari ajratadi

07.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 04.04.2022 yildagi «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-189-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 25 martda Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasida “Milliy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda – loyiha) amalga oshirish boʻyicha Qarz bitimi imzolandi. OTB Direktorlar kengashi tomonidan “Milliy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun 273,8 mln AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari 4 yillik imtiyozli davr bilan 24 yil muddatga ajratish ma’qullandi. Ulardan:

  • 183,8 mln AQSh dollari –“Surхondaryo” loyihasini amalga oshirishga;
  • 90 mln AQSh dollari –“Buхoro” loyihasini yakunlashga.

 

Loyihani amalga oshirish muddati 6 yilni (4 yil imtiyozli davrni inobatga olgan holda 2022–2027 yillar) tashkil etadi.

 

Hujjat bilan belgilandiki, loyihani amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, OTBning qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hisoblanadi. Uning huzurida loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etildi. Qoʻmita raisiga loyiha doirasida OTB bilan loyiha bitimini imzolash vakolati berildi.

 

OTBning qarz mablagʻlarini soʻndirish, shuningdek, foiz, qarz boʻyicha komissiya va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Buхoro” loyihasi doirasida OTB tomonidan ajratiladigan qarzni soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali;
  • “Surхondaryo” loyihasining Teхnik-iqtisodiy asosining teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • OTB tomonidan Surхondaryo” loyihasiga ajratiladigan qarzni soʻndirish hamda foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.04.2022 yildan kuchga kirdi.

  

Saodat Usmanova.