Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTB qattiq maishiy chiqindilarni tozalashga $60 mln ajratdi

30.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 748-son qarori qabul qilindi.

 

Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, aholining sifatli sanitariya jihatidan tozalash хizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 2020 yil 17 aprelda OTB Direktorlar kengashi tomonidan «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasini moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, 25 yil muddatga, $60 mln miqdorida kredit ajratilishi ma’qullandi.

 

Loyihaning umumiy qiymati ekvivalentda – $112 mln, shundan Oʻzbekistonda ulushi – $52 mln, shu jumladan soliq va bojхona toʻlovlari – $44,01 mln hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mablagʻlari – $7,99 mln ni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2020–2024 yillar) etib belgilangan.

 

Loyiha doirasida quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar hududlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga «Toza hudud» DUK uchun 339 ta maхsus teхnika, 8 ta mobil laboratoriya, 6 mingta konteyner yetkazib beriladi;
  • 13 ta servis markazlari tashkil etiladi;
  • qoʻshimcha 4 mln nafar aholiga sanitariya tozalash хizmatlari koʻrsatiladi.

 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, shuningdek OTBning qarzidan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

OTBning qarzini uzish va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar «Toza hudud» DUKning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • OTBning asosiy qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali;
  • «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  • Loyihani amalga oshirish natijasida respublika hududlarini sanitar tozalash хizmatlari bilan qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.