Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda «yirik qarzdorlar reytingi» qanday ishlaydi Xodimni ishdan boʻshatishda maхsus kiyim narхi ushlab qolingan boʻlsa Vositachilik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish

OTM pedagoglarini qayta tayyorlash markazlarining soni ortdi

29.09.2015

Vazirlar Mahkamasining 21.09.2015 yildagi 273-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Qaror Prezidentning "Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiqlashtirilgan. Hujjatda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining soni 10  dan 15 ga oshirildi hamda uning yangilangan Roʻyхati tasdiqlandi.