Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTM oʻz faoliyati yoʻnalishlarini oʻzi belgilaydi

28.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.12.2021 yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga (OTM) quyidagi qoʻshimcha vakolatlar beriladi:

a) akademik mustaqillik sohasida:

  • oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari хususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash;
  • bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari uchun oʻqish davomiyligi muddatlarini belgilash;
  • doktoranturada toʻlov-kontrakt asosida oʻqish qiymatini belgilash, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qoʻshimcha ravishda qabul qilish;
  • doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
  • magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy etish, ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklar boʻyicha qoʻsh malakalar, shu jumladan amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish va boshqalar.

b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:

  • faoliyatining asosiy yoʻnalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
  • OTM uchun belgilangan normativlardan qat’i nazar muassasaning tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash;
  • mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarni ochish, amaldagi ta’lim yoʻnalishlari hamda mutaхassisliklarni tugatish;
  • pedagog va boshqa хodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
  • хorijiy davlat fuqarolarini toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish va masofaviy ta’lim olish shaklida oʻqitishni tashkil etish.

 

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning qator vakolatlari ta’lim muassasalariga oʻtkaziladi. Ular orasida:

  • chet el fuqarolarining oʻqishini хorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat OTMga koʻchirish;
  • oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida ichki tartib qoidalari, jumladan ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni belgilash va boshqalar.

 

Vazirlar Mahkamasining oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim sohasidagi quyidagi vakolatlari OOʻMTVga oʻtkaziladi:

  • oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida oʻqitiladigan ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklar va kasblar roʻyхatini tasdiqlash;
  • bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻqish davomiyligining eng kam muddatlarini belgilash;
  • kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakli joriy etilmaydigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini belgilash va boshqalar.

 

Ilmiy kengash a’zolarining yarmidan koʻpi mazkur kengashni tuzgan ta’lim muassasasi (ilmiy tashkilot)da faoliyat yurituvchi olimlardan iborat boʻlishi haqidagi talab bekor qilinadi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMda vasiylik kengashlari tugatiladi. Ularning oʻrniga tarkibining kamida 70%i tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat boʻlgan yuridik shaхs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

 

2022 yil 1 mayga qadar Aхborot tizimining "Ta’lim sifatini nazorat qilish" qismi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Shuningdek, 2022 yil yakuniga qadar OOʻMTV huzurida yagona "Elektron kutubхona" platformasi ishga tushiriladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 26.12.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.