Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTMda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari boʻladi

20.05.2021

Rus tilida oʻqish

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi (roʻyхat raqami 2859-3, 12.05.2021 y.).

 

Ma’lumot uchun! Namunaviy shtatlar oliy ta’lim muasssasalarining byudjet mablagʻlari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar hisobidan joriy etiladi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan namunaviy shtatlarning 2 va 3-pozitsiyalari quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan:

  • oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) (ilgari - oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari);
  • yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) (ilgari - oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari).

 

Yuqorida koʻrsatilgan lavozimlar mamlakatning barcha OTM namunaviy shtatlariga kiritiladi.

 

Lavozim - yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) namunaviy shtatlardan chiqarib tashlanadi.

 

Monitoring va ichki nazorat boʻlimi (talabalar soni 1500 kishigacha boʻlgan OTMda -  monitoring va ichki nazorat sektori) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi (talabalar soni 1500 kishigacha boʻlgan OTMda - jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori) etib qayta nomlandi. Boʻlim (sektor) quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan: boʻlim boshligʻi (sektor mudiri), bosh mutaхassis, inspektor.

 

Yangi boʻlim - korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi kiritiladi. Mazkur boʻlim boʻlim boshligʻi va bosh mutaхassis bilan taqdim etilgan. Boʻlim boshligʻi lavozimi talabalar soni 1 500 kishigacha boʻlgan OTMda nazarda tutilmagan.

 

Boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Prezidentning 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni, 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori, 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori, 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.