Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2025 yil oktyabrda nimalar oʻzgaradi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha kim hisobot topshirishi kerak Nazorat kassa teхnikasini kimlar qoʻllashi kerak

OTMda oʻqituvchilar soni oshiriladi

14.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 617-son Qaroriga muvofiq Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2945, 2017 yil 7 noyabr) bilan yangi Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari tasdiqlandi.

 

Normativlar ayrim OTMda quyidagicha belgilanadi:

  • tibbiyot OTMning sogʻliqni saqlash ta’lim sohasi uchun 2017/2018 oʻquv yilining 2-semestrigacha - 6,8 va 2017/2018 oʻquv yilining 2-semestridan boshlab - 6 (ilgari - 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab – 8,2);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab – 9 (ilgari - 12,5);
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab – 7 (ilgari - 8,5);
  • Toshkent islom universiteti uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab – 5,1 (ilgari - 6,1), 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab – 5,5.
  • OTM maхsus sirtqi va sirtqi boʻlinmalarida - 20 (ilgari - maхsus sirtqi boʻlinmalarda - 35).

 

Bu - muhim! Normativlar professor-oʻqituvchilar tarkibi alohida qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan OTMga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Ta’lim sohalari boʻyicha normativlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat 2017 yil 8 noyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Sardor JUMAShOV,

ekspert-yuristimiz.