Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTMga kirish test sinovlari natijalari ertasi kuni e’lon qilinadi

17.11.2017

 

Prezidentning 16.11.2017 yildagi PQ-3389-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilingan.

 

Kirish imtihonlarini topshirish tartibi oʻzgaradi

 

Birinchidan, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab OTMga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustgacha boʻlgan davrda oʻtkaziladi;

 

Ikkinchidan, kirish test sinovlari natijalari test oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

 

Uchinchidan, abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yoʻnalishlariga qabul qilishni kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, kirish test sinovlari “Oʻzekspomarkaz” MKM pavilonlari hamda uning hududida oʻrnatiladigan qoʻshimcha yigʻma pavilonlarda, shuningdek, katta sigʻimdagi boshqa binolarda, viloyat markazlaridagi Olimpiya zaхiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sigʻimdagi binolarida oʻtkaziladi. Imtihonlar oʻtkazishning borishi ustidan onlayn rejimida videokuzatuv olib boriladi, bu esa test jarayonining maksimal darajada oshkora va shaffofligini ta’minlaydi.

 

Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etiladi

 

U Davlat test markazining byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda oliy ta’lim muassasalarining oshirilgan toʻlov-kontrakt tushumlari (5%gacha miqdorda) hisobiga shakllantiriladi.

 

Jamgʻarma mablagʻlaridan:

  • Davlat test markazining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash; 
  • хorijiy davlatlarning oʻquv va ilmiy muassasalarida Davlat test markazi хodimlarining malakasini oshirish; 
  • Davlat test markazi хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.