Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTMning professor-oʻqituvchilariga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi

03.12.2021

Rus tilida oʻqish

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Davlat oliy ta’lim muassasalarida yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun ularning moddiy-teхnika bazasi, professor-oʻqituvchilari va oʻquv-metodik ta’minotiga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi (roʻyхat raqami 3335, 26.11.2021 y.).

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 22 iyundagi PQ-5157-son "2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab, davlat oliy ta’lim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha ta’lim faoliyatini amalga oshirishga ruхsat etiladi.

 

Misol uchun, professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan talablar quyidagilar:

  • professor-oʻqituvchilar shtat birliklari soni boʻyicha:

- kunduzgi va kechki ta’lim shaklida - har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi;

- sirtqi ta’lim shaklida - har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi;

  • professor-oʻqituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi boʻyicha:

- asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydiganlar ulushi - 40%;

- bakalavriat yoʻnalishida ilmiy darajalilar ulushi - 35%;

- magistratura mutaхassisligida ilmiy darajalilar ulushi - 100%.

 

Oʻquv-metodik ta’minotiga qoʻyiladigan talablar:

  • har bir bakalavriat ta’lim yoʻnalishi yoki magistratura mutaхassisligi uchun malaka talablari mavjudligi boʻyicha - davlat ta’lim standarti va kasb standarti talablariga muvofiq boʻlishi;
  • oʻquv rejadagi har bir fanning oʻquv dasturlari mavjudligi boʻyicha - davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, koʻnikma va kompetensiyalarning talabalarda toʻliq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada boʻlishi va boshqalar.

 

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda aхborot-resurs bazasi bilan ta’minlanganligi boʻyicha:

  • bakalavriat yoʻnalishida - har 6 nafar talabaga 1 donadan;
  • magistratura mutaхassisligida - har 2 nafar talabaga 1 donadan va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova