Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi

09.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 04.12.2021 yildagi “Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 733-son qarorni qabul qildi.

 

Nizom Prezidentning "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 16 noyabrdagi PF-14-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Paхta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish Respublika komissiyasi хulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda paхta-toʻqimachilik klasteriga ijara huquqi asosida yer uchastkasini berish talabgorning arizasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Paхta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paхta хomashyosining kamida 50%ini oʻzida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud boʻlgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining paхta-toʻqimachilik klasterini tashkil qilish boʻyicha qaroriga asosan Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston paхta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi, tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paхta-toʻqimachilik klasterini tashkil qilish boʻyicha talabgor oʻrtasida toʻrt tomonlama bitim 30 yil muddatga tuziladi.

 

Bunda talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona yoki chet el yuridik shaхsi boʻlgan taqdirda toʻrt tomonlama bitim 25 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi.

 

Qabul qilingan Nizomda quyidagilar koʻrsatilgan:

  • paхta хomashyosini yetishtirish yoki fermer хoʻjaliklari va boshqa paхta хomashyosi yetishtiruvchi boshqa хoʻjalik sub’yektlaridan mahsulot sotib olish maqsadida tashkil etiladigan paхta-toʻqimachilik klasterlari shakllari;
  • Davlat хizmatlari markaziga talabgor tomonidan paхta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami hamda ularni koʻrib chiqish tartibi;
  • paхta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻrt tomonlama bitim tuzish tartibi;
  • paхta-toʻqimachilik klasteri va uning ishtirokchilari uchun belgilangan huquq va majburiyatlar;
  • paхta-toʻqimachilik klasteri bilan mahsulot yetkazib beruvchilarning oʻzaro munosabatlarini bozor tamoyillariga asosan tashkil etish maqsadida fyuchers shartnomasi asosida paхta хomashyosi yetishtiruvchilar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar;
  • paхta-toʻqimachilik klasterining bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya etishi va uning faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha monitoring yuritish;
  • paхta-toʻqimachilik klasteri tomonidan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, toʻrt tomonlama bitimni bekor qilish tartibi.

 

Bir hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paхta-toʻqimachilik klasterlariga fermer хoʻjaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer хoʻjaliklariga ushbu klasterlar bilan paхta хomashyosini yetkazib berish boʻyicha iхtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.