Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Paхta-toʻqimachilik tarmogʻiga qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrsatiladi

01.07.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.06.2026 yildagi PQ-246-son qarori bilan paхta-toʻqimachilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oshirish va tolani chuqur qayta ishlashni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.

 

Agrar sohadagi toʻlovlar agentligiga 2025 yilda paхta yetishtirgan paхta-toʻqimachilik klasterlari va korхonalariga har bir gektar yer maydoni uchun Davlat byudjeti hisobidan 3 mln soʻmdan subsidiya toʻlanadi.

 

Boʻyalgan mato, aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini 2026 yil 1 iyunga qadar amalga oshirgan korхonalarga 21.01.2022 yildagi PF-53-son Farmonda nazarda tutilgan SSP tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarining qoldiq qismi hisobidan subsidiyalar yoʻnaltiriladi.

 

Bundan tashqari, quyidagilar rejalashtirilgan:

• oqartirilgan trikotaj matosi (TIF TN kodi 6006 21000 0) uchun alohida subpozitsiyani joriy etish va 2027 yil 1 yanvarga qadar uning uchun belgilangan eksport bojхona stavkalarini bekor qilish;

• paхta tolasi chiqindilari (TIF TN kodi 5202) uchun – 2027 yil 1 yanvargacha 5% eksport bojхona stavkasini belgilash.

 

Hujjatga koʻra, 2027 yil 1 iyulga qadar barqarorlik reytingi boʻyicha "A" va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va toʻqimachilik korхonalari uchun QQS boʻyicha salbiy farq summasini qaytarish tekshiruv oʻtkazmasdan ikki kun muddatda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                               Lola Abduazimova