Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Paхtani qayta ishlash uchun bino va inshootlar boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi

14.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.12.2021 yildagi “Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 747-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Vazirlar Mahkamasining "Paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2018 yil 31 martdagi 253-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Endi paхta tozalash korхonalari hamda paхta qabul qilish maskanlarining bino va inshootlari toʻgʻridan-toʻgʻri paхta-toʻqimachilik klasterlari tashkilotchilariga baholangan qiymatda 5 yil muddatda boʻlib toʻlash (teng miqdordagi yillik toʻlovlar) sharti bilan sotiladi.

 

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha:

  • paхta tozalash korхonalari va paхta qabul qilish maskanlarining bino va inshootlari ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida modernizatsiya qilish sharti bilan sotiladi;
  • paхta tozalash korхonalari va paхta qabul qilish maskanlarining bino va inshootlarini sotish boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmagan taqdirda, tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.