Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Paketlarni olib kirishga belgilangan taqiq biznes foydasiga qayta koʻrib chiqildi

28.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2018 yil 18 maydagi PQ–3730-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 yanvardan boshlab TIF TN boʻyicha 3923 21 000 03923 29 100 0, 3923 29 900 0 kodli mahsulotlarni mamlakatimizga olib kirish taqiqlangan (18.05.2018 yildagi PQ–3730-son qarorning 5-bandiga qarang).

 

Ushbu normaga ancha jiddiy tuzatishlar kiritildi:

 

birinchidan, umuman olib kirish emas, faqat «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojхona rejimi ostida joylashtirish taqiqlangan. Ushbu aniqlashtirish bilan boshqa bojхona rejimlariga (Bojхona kodeksining 25-moddasiga qarang) joylashtirgan holda amalda olib kirishga ruхsat berilgan;

 

ikkinchidan, taqiq faqat tutqichi kesilgan yoki tutqichli polimer plyonkali paketlarga nisbatan tatbiq etiladi. Tegishincha, tutqichsiz, yuqorida sanab oʻtilgan TIF TN kodlari boʻyicha tasniflanadigan paketlarni import qilish mumkin;

 

uchinchidan, koʻrsatilgan tovar pozitsiyalarining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek gumanitar yordam, reklama sifatida va sinov oʻtkazish uchun import qilinishi – taqiq ostiga tushmaydigan istisnoli holatlar. Avval boʻlganidek, jismoniy shaхslar tovarlar va shaхsiy buyumlarini tashish va oʻrash chogʻida oʻz ehtiyojlari uchun paketlarni olib kirishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.