Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Parlament soʻroviga, senator yoki deputat soʻroviga javob bermadingizmi – EKIHning 7 baravarigacha jarima

08.01.2018


3.01.2018 yildagi OʻRQ-456-son Qonun bilan parlament soʻrovini, senator yoki deputat soʻrovini koʻrib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi.

 

Buning uchun MJtKning 193-moddasiga qoʻshimcha kiritildi. Mansabdor shaхslarning parlament soʻrovini, senator yoki deputat soʻrovini koʻrib chiqishdagi quyidagi gʻayriqonuniy harakatlariga nisbatan jarima solinadi:

  • soʻrovni koʻrib chiqmasdan qoldirish;
  • soʻrovni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
  • soʻrov yuzasidan bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish.

 

Buning uchun mansabdor shaхslar EKIHning 3 dan 7 baravarigacha jarima bilan jazolanadi.

 

Ma’lumot uchun:

 

Parlament soʻrovi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senati tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrovi yuboriladigan soʻrov (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida” va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunlarning 12-moddalari).

 

Senator soʻrovi – qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-1-moddasiga qarang).

 

Deputat soʻrovi - qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-1-moddasiga qarang).

 

Soʻrovlarni koʻrib chiqish muddati - agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, 10 kun.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 
Samir Latipov.