Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi Suv kodeksi: asosiy qoidalar sharhi Zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishning oʻziga хos хususiyatlari Koʻchmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qanday qoʻyiladi Koʻchmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qanday qoʻyiladi

Patentlangan ob’yektlardan noqonuniy foydalanish qisqartiriladi

07.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 05.06.2024 yildagi “Sanoat namunalarini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999 yil 2 iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-929-son Qonun imzolandi.

 

Gaaga bitimining Jeneva akti oʻz mahsulotlarini, eng avvalo хorijiy bozorlarda targʻib qilishdan manfaatdor boʻlgan sub’yektlarga sanoat namunalarini roʻyхatdan oʻtkazishning milliy tizimlarga nisbatan ancha qulay tartib-taomillaridan foydalanish imkonini beradi.

 

Xususan, milliy ishlab chiquvchilar bitta arizani Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) berishlari mumkin, u barcha tartib-taomillarni bajarishni va hujjatlarni yuborishni oʻz zimmasiga oladi.

 

Qonunning qabul qilinishi milliy ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek yangi mahsulot yaratishda ularning javobgarligini oshirish va ishlab chiqarishda patentlangan ob’yektlardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashadi.

 

Bundan tashqari, ushbu halqaro hujjatga qoʻshilish mamlakatimizning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova