Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pedagogik kengash faoliyatining tartibi belgilandi

15.06.2016

Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 9 iyunda 2799-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Belgilanishicha, pedagogik kengash ta’lim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, shuningdek uning faoliyati bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish boʻyicha oliy organ hisoblanadi.

 

Hujjatda pedagogik kengashning maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari batafsil qayd etilgan.

 

Pedagogik kengash tarkibi umumta’lim muassasasi direktori, uning oʻrinbosarlari va pedagog хodimlardan iborat boʻladi. Umumta’lim muassasasining har bir pedagog хodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi. Pedagogik kengash yigʻilishi har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.

 

Umumta’lim muassasasida pedagogik kengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:

 

хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi nizom;

 

pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;

 

pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;

 

pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalari;

 

pedagogik kengash yigʻilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.

 

Pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalarini qayd etish daftari doimiy ravishda, tahliliy materiallar va boshqa hujjatlar esa 3 yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arхivga topshiriladi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 13 iyundagi 23-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.