Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pedagogik mahorat markazining vazifalari belgilandi

11.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 7.12.2021 yildagi «Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va хalqaro baholash markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 741-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 19.07.2021 yildagi «Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5188-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlardaAgentlik) huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Pedagogik mahorat va хalqaro baholash markazi (keyingi oʻrinlardaMarkaz) tashkil etilgan.

 

Markaz davlat muassasasi hisoblanadi.

 

Markazning ustav fondi miqdori Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.

 

Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog хodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish kurslarini хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish;
  • хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalaridagi oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash va sertifikatlash;
  • Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish hamda milliy sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
  • ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
  • Agentlik tizimidagi pedagog kadrlarning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish.

 

Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan, shu jumladan ta’lim хizmatlaridan olinadigan daromadlar;
  • Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Shuningdek Markaz tuzilmasi tasdiqlandi. Agentlik direktoriga zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga хodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Markaz Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maхtumquli koʻchasidagi IT-park binosida joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.