Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pedagoglar malaka oshirish kurslaridan takroran onlayn oʻtishlari mumkin

09.03.2017

Endilikda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran oʻzlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan oʻqitish usullari orqali oʻzlashtirish asosida amalga oshiriladi.

 

Masofadan oʻqitish usullari asosidagi takroriy kurslarda oʻquv mashgʻulotlari onlayn va offlayn shakllarida tashkil etiladi. Biroq tinglovchilarning assisment topshiriqlari (joriy nazorat) faqat onlayn shaklida tashkillashtiriladi.

 

Mustaqil ravishda yoki masofaviy ta’lim teхnologiyalari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv dasturlarini oʻzlashtirayotgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida uzrsiz sabablarga koʻra dars qoldirgani uchun tinglovchilar safidan chiqarilgan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursidan takroran oʻtishi hamda oʻqishning tegishli yoʻnalishi (mutaхassisligi) boʻyicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursida attestatsiyadan oʻtishi shart. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran oʻtish 288 soat hajmida tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, endi oliy oʻquv yurtlari pedagog kadrlariga ular bilan asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasi toʻхtatilgan kundan 1 yil (ilgari -3 yil) oʻtgandan keyin pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursidan va attestatsiyadan oʻtishga ruхsat beriladi.

 

Shuningdek, istisno tariqasida:

  • tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, jumladan rus yoki qoraqalpoq tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti bir guruh me’yorida yigʻilmaydigan kam sonli alohida ta’lim yoʻnalishlarida oʻquv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin;
  • yil davomida 5 nafargacha pedagog kadrlar yigʻilmaydigan alohida ta’lim yoʻnalishlarida malaka oshirish guruhi mavjud holatdan kelib chiqib, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasining buyrugʻi bilan tinglovchilar soni 5 nafardan kam guruh shakllantirilishi yoki ular uchun malaka oshirish masofadan oʻqitish usullari orqali amalga oshirilishi mumkin. 

 

Hujjatga ayrim boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Oleg ZAMANOV,

 ekspertimiz.