Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

17.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (VMning 13.05.2019 yildagi 392-son qarori).

 

Hujjat Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi markazi hamda tizimida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

 

Attestatsiyaning asosiy prinsiplari - majburiylik, davriylik, oshkoralik, kengashib ish koʻrish hamda хolislik. Attestatsiyaning asosiy vazifalari:

  • oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagoglarni ragʻbatlantirish;
  • ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish;
  • хorijiy tillarni oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash;
  • kompyuter teхnikasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, shu jumladan, Internetdan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishning majburiyligini ta’minlash.

 

Attestatsiyadan har 5 yilda oʻtish zarur, u har yili mart-iyunda oʻtkaziladi. Oʻqituvchilar ularning yozma arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.

 

Quyidagi pedagoglar attestatsiyadan oʻtkazilishi shart:

  • maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli;
  • umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli;
  • kasb-hunar ta’limi muassasalarining oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagoglari.

 

Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaхslar attestatsiyaga jalb etilmaydi. Pensiya yoshida boʻlgan shaхslar attestatsiyadan oʻz хohishiga koʻra oʻtadi. Ularning mavjud malaka toifalari va lavozimlari ta’lim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.

 

Ishga yangi qabul qilingan shaхslar bir yildan soʻng, oliy, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga 3 yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20 yanvarga qadar attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiya muddati va uni oʻtkazish tartibini  1 oy oldin attestatsiyadan oʻtkaziluvchilar e’tiboriga yetkazadi.

 

Attestatsiya ish joyi boʻyicha oʻtkaziladi. Asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan oʻrindosh oʻqituvchilar oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida attestatsiyadan oʻtadi.

 

Attestatsiya 2 bosqichda oʻtkaziladi:

  • birinchi bosqichda - attestatsiyadan oʻtuvchilarning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi natijalari, dars oʻtish mahorati va mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan oʻrganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;
  • ikkinchi bosqichda - attestatsiya komissiyasi birinchi bosqich natijalarini tahlil qiladi, attestatsiya jarayonida toʻplangan hujjatlar jamlanmasini (portfoliosini) oʻrganadi va uni malaka toifasida (lavozimida) qoldirish yoki boshqa toifa (lavozim) berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Nizomda attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan pedagoglarni baholashning tegishli mezonlari belgilangan.

 

Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagoglar 1 EKIH miqdorida yigʻim toʻlaydi. Ushbu summaning yarmi Davlat byudjetiga oʻtkaziladi, qolgan 50%i Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining byudjetdan tashqari Rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

 

Attestatsiya natijalariga koʻra attestatsiya komissiyasi qarori qabul qilinadi va attestatsiya varaqasi rasmiylashtiriladi. Oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifasiga yoki bosh, yetakchi va katta oʻqituvchi lavozimiga ega boʻlgan pedagoglarga attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat 1 oy muddat ichida topshiriladi. Sertifikat qatiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.

 

Attestatsiya natijalari yuzasidan apellyatsiya komissiyasiga shikoyat berilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.